Rossiyalik futbol mutaxassisi Yevgeniy Lovchev “Sovetskiy sport” nashrida Rossiya premyer-ligasi bilan bog‘liq o‘zgarishlar va transferlarga e’tibor qaratdi.
O‘z navbatida Lovchev O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning “Krasnodar”ni tark etishi borasida ham fikr bildirdi.
Yaxshi transfer. Albatta, Ahmedov Xalk emas. Shu boisdan ham xitoyliklar “Krasnodar” uchun katta pul to‘lagani yo‘q. Odil o‘z vaqtida Osiyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri edi. Men uni O‘zbekiston terma jamoasi safida uzoqdan urgan golini juda yaxshi eslab qolganman.O‘z vaqtida Sobiq Ittifoq terma jamoasi sharafini himoya qilgan, ham futbolchi, ham murabbiy sifatida tanilgan, ayni vaqtda esa jurnalistik chiqishlari bilan esda qoladigan Yevgeniy Lovchev Ahmedovning transferidan hamma foyda ko‘rganini aytib o‘tgan.Yevgeniy Lovchev, sobiq futbolchi va amaldagi jurnalist
O‘ylashimcha, Ahmedov “Krasnodar”da zerikib qolgandi. Mana shunday bir paytda Xitoydan taklif tushib qoldi. Futbolchiga pul berishdi, klubga to‘lashdi. Qarabsizki, hamma manfaatdor. Boz ustiga “Krasnodar”ning o‘zi ham Ahmedovni olib qolish uchun zo‘r berib harakat ham qilmadi. Chunki jamoada uning pozitsiyasida o‘ynay oladigan futbolchilar yetarli.Ma’lumot uchun, 2017-yilgi mavsumdan boshlab Odidl Ahmedov faoliyatini Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubida davom ettiradi. Portugaliyalik Andre Villash-Boash ustozlik qiladigan jamoa safida Xalk, Oskar kabi Braziliya milliy terma jamoasi a’zolari to‘p suradi.Yevgeniy Lovchev, sobiq futbolchi va amaldagi jurnalist