Aktyorlar Alisher Uzoqov va Adiz Rajabov Masquerade (MSQRD) mobil dasturi yordamida kulgili bayram tabrigi tayyorladi. Videotabrik Adiz Rajabovning Instagram-sahifasida e’lon qilingan.
Aktyorlar mobil dasturning “yuzni almashtirish” funksiyasidan foydalangan — chehra egasining bosh harakati uning so‘zlariga mos kelmasligi, shuningdek, qiyofaning sezilarli o‘zgargani biroz kulgili holatni yuzaga keltirgan.
Instagram foydalanuvchilari kayfiyatni ko‘taruvchi mazkur videotabrik uchun aktyorlarga minnatdorchilik bildirgan, “Adiz Uzoqov, Alisher Rajabov”, “Bunaqasi bo‘lmagan”, “Dahshat o‘xshabdi!” qabilidagi kommentlarni qoldirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.