Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi rahbariyati va futbolchilari Yangi yil bayrami munosabati bilan futbol muxlislariga bayram tabriklarini tayyorladi. Tabriklar klubning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Jumladan, “temiryo‘lchilar”ning bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov, 2016-yilda mamlakat chempionligi va Kubogini qo‘lga kiritishda ulkan hissa qo‘shgan murabbiy Andrey Miklyayev va klubning bir qator futbolchilari quyidagi bayram tabriklarini yo‘lladi.
Yangi 2017-yilda ham jamoamiz ishqibozlarini ulkan yutuq va zafarlar bilan xushnud etishni maqsad qilyapmiz. Jamoamiz sekin-astalik bilan o‘z infratuzilmasini yaxshilab bormoqda. Yildan-yilga natijalarimiz ham yanada yaxshiroq ko‘rinish olmoqda. Bu tempni keyingi yillarda ham saqlab qolishga va “Lokomotiv” brendining yanada ommalashishiga harakat qilamiz. Umid qilamanki, 2017-yilda yanada ulkan zafarlar siz-u bizga yor bo‘ladi! Shu o‘rinda butun O‘zbekiston xalqini, futbolimiz jamoatchiligi vakillari va ko‘p sonli “Millionlar o‘yini”ning ashaddiy ishqibozlarini Yangi yil bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman va barchangizga yangi yilda sihat-salomatlik, baxt-omad va oilangizga qut-baraka tilayman!To‘labek Akramov, “Lokomotiv” bosh direktori o‘rinbosari
Qadrli futbol jamoatchiligi ahli! Men sizlarni Yangi yil bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman va barchangizga sihat-salomatlik tilayman. Ishonamanki, 2017-yil siz-u biz uchun faqat va faqat ulkan zafarlar olib keladi. Zero, 2016-yilda ajoyib lahzalarga guvoh bo‘ldik. 2017-yilda ham shunday chiroyli g‘alabalar bizga hamrox bo‘lishini niyat qilaman. 2017-yil –hammamiz uchun omad va baxt-saodat olib kelsin, barchaga bayram muborak do‘stlar!Andrey Miklyayev, “Lokomotiv” murabbiyi
Butun mamlakatimiz aholisini Yangi yil shodiyonasi bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Hammaga yangi yilning omad-u baxt olib kelishiga tilakdoshman. Ishonaman va umid qilamanki, 2017-yilda qo‘lga kiritadigan yutuqlarimiz oldingilaridan yanada zalvorliroq bo‘ladi. Yangi yil hammaga faqat yaxshi onlar taqdim etsin.Erkin Saidov, mutaxassis
Barcha yurtdoshlarimizni yangi 2017-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Eski yilda amalga oshmagan ishlari yangi yilda amalga oshishini tilab qolaman. 2016-yil “Lokomotiv” klubi uchun juda ham omadli keldi. Yangi 2017 yil bundan ham omadli kelsin. Shu fursatdan foydalanib, Yangi yil O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham omadli kelishini niyat qilaman. Oldimizda turgan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimizni tilab qolaman. Bizning g‘alabalarimiz – bu muxlislarning g‘alabasi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin. Barcha yurtdoshlarimizni yana bir bor kirib kelayotgan Yangi Yil bilan chin qalbimdan tabriklayman.Temur Kapadze, “Lokomotiv” sardori
2017-yilda hammaga sog‘liq va omad tilayman! Yangi yilda yangidan-yangi zafarlar yor bo‘lsin! Barcha o‘ylagan maqsad va niyatlaringizga erishishingizga tilakdoshman. Yangi yil hammamizga ham faqat quvonchli lahzalar va baxt olib kelsin.Server Jeparov, “Lokomotiv” yarim himoyachisi
Hammani Yangi yil bayrami bilan tabriklayman! 2017-yil barchamiz uchun ham ajoyib yil sifatida yodda qolsin! Ushbu yilda O‘zbekiston barcha jabhada, jumladan, sport sohasida ham yanada taraqqiy etsin va ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishsin. Hammaga yangi yilda omad va sog‘lik yor bo‘lishini istab qilaman.Temurxo‘ja Abduxoliqov, “Lokomotiv” hujumchisi
Yangi yil bilan butun futbolimiz jamoatchiligi ahlini tabriklayman. 2017-yilda hammaning yaxshi niyatlari amalga oshsin! Shu o‘rinda, milliy terma jamoamizga ham omad tilamoqchiman. O‘zbekiston termasi 2017-yilda mundial yo‘lidagi asosiy o‘yinlarni o‘tkazadi. Umid qilamanki, shu o‘yinlarning barchasi bizning foydamizga hal bo‘ladi va O‘zbekiston jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqadi. Azizlarim, barchaga – Yangi Yil muborak!Ma’mur Ikromov, “Lokomotiv” darvozaboni
Butun futbol ahlini kirib 2017-yil bilan tabriklayman. Sog‘lik va baxt sizlarni hech qachon tark etmasin. “Lokomotiv” jamosiga ham kelayotgan yil oldingisidanda omadaliroq bo‘lishini tilayman! Qolaversa, milliy terma jamoamizning ham JChga chiqishiga tilakdoshman.Ikrom Aliboyev, “Lokomotiv” yarim himoyachisi
Aziz futbol ishqibozlari, “Lokomotiv” jamoasining ashaddiy muxlislari! Men sizlarni va sizlar orqali butun O‘zbekiston ahlini Yangi yil bayrami bilan chin dildan qutlayman. Yangi yilda barchangizga omad va zafarlar tilayman. 2016-yil – sermahsul yil bo‘ldi. Istardimki, 2017-yilda yanada ko‘proq va nufuzliroq unvonlarga ega chiqish nasib qilsin. Barchangizga bayram muborak!Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Sardor Mirzayev, “Lokomotiv” yarim himoyachisi