Braziliyalik erkak Yangi Yil bazmida 12 kishini otib tashladi. Ular orasida sobiq rafiqasi va 8 yashar o‘g‘li bor edi, deb xabar beradi “RBK”.
Voqea San-Pauludan 100 kilometr janubi-sharqdagi Kampinas shahrida ro‘y berdi. Politsiya vakili Marta Avreliyaning so‘zlariga qaraganda, erkak bazmga bir necha turdagi qurol olib kelgan edi.
Rafiqasi va farzandidan tashqari, u rafiqasining oila a’zolarini otib tashlandi.
Bundan tashqari, uch kishi jarohat olgani bildirilmoqda.
Hujumdan so‘ng erkak o‘zini ham o‘ldirdi.