Afg‘onistonda sutka davomida kamida 57 jangari yo‘q qilindi. Bu haqda 31-dekabr, shanba kuni mamlakat mudofaa vazirligi bayonotiga tayanib, “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari aksilterror operatsiyasi doirasida mamlakatning 11 viloyatida 57 qurollangan jangarini o‘ldirdi, 44 nafari jarohat oldi”, — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, xavfsizlik kuchlari qurol-aslahalarni yo‘q qilish va bir necha fugas bombalarini zararsizlantirishga erishdi. Hukumat kuchlari boy bergan harbiylar soniga aniqlik kiritilmadi.