2010-yil martidan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga boshchilik qilib kelgan Tursinxon Xudoyberganov Prezidentning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqdagi farmon 28-dekabr kuni davlat rahbari tomonidan imzolandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Tursinxon Xudoyberganov. Foto: IIV Akademiyasi rasmiy sayti

Tursinxon Xudoyberganov. Foto: IIV Akademiyasi rasmiy sayti

Prezidentning 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tarkibiy tuzilmasida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tuzish ko‘zda tutilgan edi.