O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va mamlakat Milliy Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Mirabror Usmonov kirib kelayotgan 2017-yil bilan vatandoshlarini qutlab, ularga tabrik yo‘lladi.
Mirabror Usmonov so‘nggi 25 yil davomida O‘zbekiston sportida amalga oshirilgan ishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tgan. Ayniqsa, 2013—2016-yillar davomida qilingan ishlar katta g‘alabalarga zamin yaratganini qayd etgan.
Yakuniga yetib borayotgan 2016-yil o‘zbek sportida o‘chmas iz qoldirdi. Barchamiz vatanimiz sportchilarining yil davomida zafarli yurishlariga guvoh bo‘lib bordik. Sportchilarimiz xalqaro maydonlarda, eng nufuzli musobaqalarda mustaqil diyorimiz sharafini munosib himoya qilib, butun dunyoga O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligini yana bir bor isbotladi.Mirabror Usmonov 2012-yil bo‘lib o‘tgan London Olimpiadasidan keyin Rio—2016 uchun tayyorgarlik boshlab yuborilganini qayd etib, oldindagi muvaffaqiyatlar uchun ulkan mehnat qilinganini aytib o‘tgan. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2013-yilning 25-fevral kuni imzolangan “O‘zbekiston sportchilarining 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi olimpiya va XV paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorgarligi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim qadam ekani eslangan.Mirabror Usmonov, MOQ prezidenti
Olimpiya sport turlariga bo‘lgan e’tibor tudban o‘zgardi. Sportchilarimiz bir necha nufuzli xalqaro musobaqalarda toblandi, xorij davlatlarida yig‘inlar tashkil etildi, sportchi va murabbiylar moddiy tomondan to‘liq ta’minlandi. Bir so‘z bilan aytganda, ular uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Biz jonajon O‘zbekistonimiz sportida mustahkam poydevor yarata oldik.Tabrik davomida Mirabror Usmonov Hasanboy Do‘stmatovning yil sportchisi deb tan olinishi, Oksana Chusovitinaning Ginnes rekordlari kitobidan joy olishi, Ruslan Nuriddinovning Olimpiada rekordini o‘rnatishini alohida e’tirof etgan. Bu ishlar zamirida mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov qatorida amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevning amaliy ko‘magi borligini ta’kidlagan.Mirabror Usmonov, MOQ prezidenti
Ostonada eshik qoqayotgan 2017-yil biz uchun yanada mas’uliyatli, yanada muhim bo‘lishi shubhasiz. Chunki sportda “Chempionlikka erishishdan ko‘ra, uni saqlab qolish qiyinroq” degan ibora mavjud. Shunday ekan, 2020-yilda Tokio mezbonlik qiladigan navbatdagi Olimpiada o‘yinlarida g‘alabalarimiz yanada bardavom, yutuqlarimiz bundanda salmoqli bo‘lishi uchun biz — butun sport jamoatchiligi va olimpiya harakati ishtirokchilari tayyorgarlikni bir daqiqaga bo‘lsa-da susaytirmasligimiz kerak. Ishonamanki, kirib kelayotgan yangi yil sportimiz uchun bundanda omadli va barokatli yil bo‘ladi.Siz aziz vatandoshlarimizni kirib kelayotgan yangi — 2017-yil bilan muborakbod etib, navbatdagi to‘rt yillik muvaffaqiyatlar va yuksak natijalarga boy bo‘lishini tilab qolaman. Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, xonadoningizga qut-baraka tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! Yangi yilingiz bilan!
Mirabror Usmonov, MOQ prezidenti
Izoh (0)