O‘zbekistonning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar bo‘limiga tashrif buyurib, bemor bolakaylarga Yangli yil sovg‘alarini ulashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, ilmiy markazga Timur Kapadze, Ma’mur Ikromov, Sergey Proxorov, Marat Bikmayev, Ikrom Aliboyev, Ignatiy Nesterov kabi futbolchilar, jamoa ma’murlari Baxtiyor Ismoilov hamda Ulug‘bek Usmonxo‘jayev, shifokor Abror Pirriyev hamda klub matbuot xizmati vakillari tashrif buyurdi.
“‘Lokomotiv’ vakillari bolajonlarga Yangi yil sovg‘alari ulashib, ularning tezroq shifo topishini niyat qildi”, — deyiladi xabarda.
Video: O‘zbekiston chempioni va Kubogi sohibi “Lokomotiv”ning 2016-yildagi eng chiroyli 10 ta goli
“Lokomotiv”ni O‘zbekiston chempioni va Kubogi sohibi qilgan har bir futbolchiga Lacetti avtomobili sovg‘a qilindi (foto)
Izoh (0)