Janubiy Koreya ishga haftasiga 49 soatdan ko‘proq vaqtini bag‘ishlaydigan odamlar soni bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. Bu Yaponiyaning mehnat siyosatini o‘rganish bo‘yicha mustaqil nohukumat tashkiloti o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
“2014-yil holatiga ko‘ra Janubiy Koreyadagi mehnat qiluvchilarning 32,4 foizi haftasiga 49 soatdan kam vaqtini ishda o‘tkazmagan. Bu jahonda birinchi o‘rin demak”, — ma’lum qilindi KBS telekanali efirida.
Undan keyingi o‘rinlarni Gonkong (30,8 foiz), Yaponiya (21,3 foiz) va AQSh (16,6 foiz) egalladi.
“Shu bilan birga, ishda ko‘p vaqt o‘tkazish hali mehnat samarador bo‘ldi degani emas”, — dedi telekanal muxbiri.
Izoh (0)