Janubiy Osetiyaning nomi Alaniya deb o‘zgartirilishi mumkin

Tan olinmagan Janubiy Osetiya respublikasi prezidenti Leonid Tibilov 2017-yil aprelida o‘tadigan prezident saylovi bilan bir paytda mamlakatning nomini o‘zgartirish bo‘yicha referendum ham o‘tkazish lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Leonid Tibilov. Foto: Sputnik

Leonid Tibilov. Foto: Sputnik

“Referendum o‘tkazish — serxarajat ish, uni prezident saylovi bilan birga o‘tkazish aqldan bo‘lar edi”, — ma’lum qildi u jurnalistlarga.

“Yanvarda biz prezident huzuridagi siyosiy kengash yig‘ilishini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, u yerda referendum qay tartibda o‘tishi aniqlashtiriladi”, — qo‘shimcha qildi Tibilov.

Alanlar — o‘rta asrlarning ko‘chmanchi qabilalaridan biri bo‘lib, ularning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud. Shunga qaramay, Janubiy Osetiya olimlari ularning osetinlarning ajdodlari deb biladi hamda Alaniyani mamlakatning “tarixiy nomi” deb hisoblaydi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing