Amerikaning Skottsdeyl shahridagi kimoshdi savdosida 45 yildan buyon o‘rmonda turib qolgan noyob Aston Martin DB4 kupesi sotuvga qo‘yiladi, deb yozadi Motor.
Sportkardan 375—475 ming dollar daromad olish rejalashtirilmoqda. Italiyaning Carrozzeria Touring atelyesidan kuzovga ega bo‘lgan avtomobil 1962-yilda chiqarilgan. Ikki eshikli mashina 240 ot kuchi quvvatiga ega bo‘lgan 3,7 litrli olti silindrli agregat bilan jihozlangan.
Mashinaning birinchi egasi Los-anjeleslik aktyor Dallas Uilyams bo‘lgan. Keyingi sohibi esa ismi oshkor etilmagan massachusetslik fuqaro bo‘lib, u 70-yillarning boshida mashinani uyi oldida qoldirgan. Bugunga kunga qadar mashina qoldirilgan joyda o‘rmon o‘sib chiqqan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.