Yangi yilga ham juda kam vaqt qoldi. Bu bayram yilning eng sehrga boy fursatidir. Unda mo‘jizalar dunyosiga g‘arq bo‘lib, hech bo‘lmasa bir kecha haqiqiy qirolichaga aylanish uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Buning uchun takrorlanmas bayram libosni o‘z vaqtida xarid qilishga ulgurish muhim.
Yangi yilni kutib olishda qizil ko‘ylak eng yorqin liboslardan biri bo‘la oladi. Olov rangning to‘q sariqdan yorqin qirmizigacha bo‘lgan tuslari 2017-yilni kutib olishda ayniqsa aktual bo‘lishi kutilmoqda.
Qizil rang ko‘zga tez tashlanadi, bayram kechasida boshqa “olovli” xonimga aynan o‘xshab qolmaslik uchun o‘ziga xos bichim, aksessuarlar va soch turmagini tanlashni tavsiya etamiz. Agar ko‘ylak bichimi ochiqroq bo‘lsa, yelkaga nakidka, bejirim kamar yo sumkachadan foydalanish mumkin.
Agar qizil sizning rangingiz bo‘lmasa, olovli ranglarning boshqa tuslaridagi libos tanlashingiz mumkin. Ular: tillarang-sariqdan tortib jigarrang va hatto qora ranglar bo‘la oladi. Matoga kelsak, mavsum trendlari baxmal va ipakni tanlang.
Polga tegib turadigan uzun ko‘ylak har qanday qomatga ko‘rk bag‘ishlaydi. Tizzagacha bo‘lgan ko‘ylaklar esa xushbichim oyoqlarga urg‘u beradi. Nihoyat bel sohasiga ham urg‘u berishni unutmang — buning uchun keng kamar yoki bant shaklidagi tasma ajoyib tarzda mos keladi.
Taqinchoq tanlashda ham olovli unsur toshlari: la’l, yoqut, marjon, shuningdek, olmosda to‘xtashni tavsiya etamiz. Bu toshlar kishiga tetiklik va quvvat bag‘ishlaydi.
Zamonaviy makiyaj haqida ham unutmang. Yorqin va tillarang tenlar, yaltiroq zarlar, qizil lab bo‘yog‘idan foydalanishingiz mumkin.
Ko‘ylakdagi yarqiroq toshlar ham ayni paytda urfda bo‘lib, bunday bezaklar haddan ortiq bo‘lib ketmasligi lozim. Shusiz ham yorqin rangda bo‘lgan liboslarda ulardan foydalanmaslikni tavsiya etamiz.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)