IShID guruhi jangarilari Iroqning Mosul shahri janubidagi qishloqda isyon ko‘tarishga uringan 13 nafar tinch aholi vakilini qatl qildi. Bu haqda Human Rights Watch huquq himoyasi tashkiloti ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, voqea oktabr oyining o‘rtasida ro‘y bergan, ammo bu haqda endi ma’lum bo‘lgan. Mosulni ozod qilish operatsiyasi boshlanganidan so‘ng mahalliy aholi isyon ko‘targan. Al-Hud va al-Lazaqa qishloqlaridagi isyonda qatnashgan 13 kishi o‘ldirilgan.
Qurbonlar orasida ikki nafar bola ham bo‘lgani aytilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.