Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatdagi eng mashhur siyosatchi bo‘lib qolmoqda. Buni TNS Emnid agentligi o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijalari ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ma’lum bo‘lishicha, Germaniya fuqarolarining 56 foizi Merkel 2017-yilning asosiy siyosiy qiyinchiliklarini yengib o‘tishiga ishonadi.
Ikkinchi o‘rinda Germaniya Xristian-sotsial ittifoqi rahbari Xorst Zeyexofer 39 foiz natija bilan turibdi. Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi rahbari, vitse-kansler Zigmar Gabrielga esa respondentlarning 35 foizi ishonch bildirdi.
Shuningdek, 32 foiz odam Yevroparlament raisi Martin Shulsga ishonch bildirdi. Beshinchi o‘rinni yashillar rahbari Jem O‘zdemir 25 foizlik natija bilan egalladi.
So‘rov 20–21-dekabr kunlari o‘tkazildi. Unda 1002 nafar Germaniya fuqarosi ishtirok etdi.