2015-yil yakunlariga ko‘ra AQSh rivojlanayotgan mamlakatlarga harbiy qurol-yarog‘ va buyumlar sotish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
AQSh Kongressining Tadqiqot xizmati (Congressional Research Service, CRS) chop etgan hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili AQSh rivojlanayotgan mamlakatlarga 11,9 milliard dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib bergan. Bu jahon miqyosidagi sotuv hajmining 35,42 foizini tashkil qiladi.
Rossiya va Fransiya ikkinchi o‘rinni egalladi. Ularning ko‘rsatkichi — 6,2 milliard dollar, yoki jahon qurol-yarog‘ bozori umumiy hajmining 18,45 foizi.
Shuningdek, AQSh rivojlanayotgan davlatlar bilan imzolangan harbiy shartnomalar hajmiga ko‘ra ham birinchi natijani qayd qildi — 40,2 milliard dollar yoki 50,29 foiz. Mamlakatning 2014-yilgi ko‘rsatkichi 36,1 milliard dollarga teng edi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi natijani Fransiya qayd qildi — 15,3 milliard dollar va 19,16 foiz. 2014-yilda Fransiya 5,7 milliard dollarlik shartnomalar imzolagan edi.
Izoh (0)