Janubiy Koreyada parranda grippining tarqalishi 26 million tovuq va o‘rdaklarning qirilib ketishiga olib keldi. H5N6 virusiga qarshi kurashga armiya ham kirishmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligining bayonotiga ko‘ra, H5N6 grippi mamlakatda noyabr oyining o‘rtalarida tarqaldi. Hozirgi epidemiya 2014-yildan beri kuzatilgan eng yirik holat bo‘ldi.
Mamlakat hukumati parrandalarning qirilishi yoki yo‘q qilinishi go‘sht va tuxumning qimmatlashib ketishiga olib kelishidan xavotirdaligini bildirmoqda.
Izoh (0)