Tugab borayotgan yilning to‘qqiz oyi yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining yig‘ilishida litsenziya olgan xonandalar va litsenziya berishga loyiq bo‘lmaganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq aytildi, deb yozadi “Qalampir.uz”.
Ma’lumotlarga qaraganda, 2016-yilning yanvar—sentabr oylari davomida 2 074 nafar san’atkorga litsenziya berilgan.
Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish istagida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga murojaat qilgan 50 nafar san’atkor rad javobini olgan.
O‘z konsert dasturini taqdim etish istagida bir martalik ruxsatnoma (litsenziya) so‘rab “O‘zbeknavo”ga murojaat qilganlarning hujjatlari 29 ta ekspert komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan. Ulardan 554 kishiga bir martalik ruxsatnoma berilgan, 11 ta ariza rad etilgan.
Izoh (0)