Iroqning Mosul shahrini IShID jangarilaridan tozalash bo‘yicha operatsiya boshlanganidan buyon 114 ming kishi uylarini tark etdi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Ilgariroq tashkilot bu ko‘rsatkich 107 ming kishiga tengligini ma’lum qilgan edi. Ammo shundan buyon ko‘chgan shaxslar soni yanada oshdi.
Bir muddat ilgari Iroq migratsiya va ko‘chgan shaxslar masalalari vazirligi 120 ming raqamini keltirgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.