Livan janubidagi Ayn al-Xilva falastinlik qochoqlar lagerida 24-dekabr kuni FATH harakati jangchilari va ekstremistlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar yangi kuch bilan avj oldi, deya xabar bermoqda “TASS” Al-Watania agentligiga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, nizo FATH dala qo‘mondoni Sulaymon Abu Nimrning Taytaba hududidagi teraktda o‘ldirilishi tufayli kelib chiqqan. Shuningdek, Livandagi Falastin xavfsizlik xizmati boshlig‘ining tansoqchisi ham halok bo‘lgan, generalning o‘zi esa bomba portlashi natijasida jabrlanmadi.
Avvalroq Ayn al-Xilva lageridagi otishmalarda uch kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan edi. Lagerda apreldan buyon amal qilib kelgan yarashuvni “Usbat al-Ansar” ekstremistik tashkiloti a’zolari buzdi. Granatomyotlar ishtirokidagi janglar hozirda FATH bilan lager ustidan nazoratni talashayotgan ekstremistlar tayanchi bo‘lgan Berkasat va Safsaf dahalarida olib borilmoqda.
Izoh (0)