Islandiyaning sharqiy qismi aholisi mahalliy kanaldagi ob-havo ko‘rsatuvi boshlovchisidan ular yashovchi hududni to‘sib qo‘ymaslikni iltimos qildi. Bu haqda Iceland Monitor ma’lum qildi.
Islandiyaliklarning so‘zlariga qaraganda, ular ob-havo xaritasining o‘z hududi uchun ma’lumotlar aks etgan qismini hech qachon ko‘rmagan. Dastur tomoshabinlari boshlovchi kadrda sira harakatlanmasligi va mamlakatning faqat g‘arbiy qismiga e’tibor qaratishidan norozi bo‘lgan.
Norozi fuqarolar Facebook’da “Hurmatli sinoptiklar, Islandiya sharqini to‘sishni bas qiling” deb nomlangan guruh tashkil qildi. “Ertaga mamlakatning sharqiy qismida oq ko‘ylak va kostyum kutilmoqda”, — deb yozadi guruh a’zolaridan biri.
Boshqa foydalanuvchilar ob-havo haqidagi ko‘rsatuvni namoyish etuvchi kanalga chapaqay boshlovchini ishga olishni taklif qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)