AdMe hayotda uchratsa bo‘ladigan kinofilmlardagi mashhur joylarning fotogalereyasini taqdim qildi.
Dark Hedges hiyoboni
Dark Hedges (Qorong‘i shox devor) – ehtimol, dunyodagi eng chiroyli shox devorli hiyobonlardan biri. Shimoliy Irlandiyada joylashgan hiyobonni “Taxtlar o‘yini” serialining 1 va 2-mavsumlarida uchratish mumkin.Vadi Ram sahrosi
O‘zga sayyoraning landshaftlari sifatida foydalanilgan ushbu sahro Iordaniyada joylashgan. Vadi Ram sahrosi “Marslik”, “Yulduzlar jangi”, “Transformerlar” va “Prometey” filmlarida namoyon bo‘lgan.
Oregon shtati shifoxonasi
Oregon shtati shifoxonasi bosh vrachi Din Bruks o‘z klinikasida “Kakku ini ostidagi parvoz” filmini suratga olishga ruxsat bergan. Syemka vaqtida shifoxona bo‘limlaridan biri bo‘sh bo‘lgan, ba’zi da’volanayotganlar esa kinokartinada suratga tushgan. Din Bruksning o‘zi film maslahatchisi bo‘lib, doktor Spivi rolini ijro etgan.Tatavin shahri
“Yulduzlar jangi” Tunisning bir nechta joyida suratga olingan. Shulardan biri Tatavin shahri bo‘lgan. Jorj Lukas filmining sharofati bilan Tatavin shahri sayyohlar orasida shuhrat qozondi. Filmdagi Tatuin sayyorasi esa mazkur shahar nomiga atalgan.Gerlitsdagi univermag
“Grand Budapesht mehmonxonasi” rolida Gerlits shahri (Germaniya)dagi univermag suratga tushgan. Suratga olish jarayonida univermagning interyeri va dekoratsiyalari ikki marta o‘zgargan. Sababi, film avvalida 1960-yillar, keyin esa 1930-yillar ko‘rsatilgan.Nyu-Yorkdagi Gapstow Bridge ko‘prigi
Toshdan yasalgan Gapstow Bridge ko‘prigi Nyu-York shahridagi Markaziy parkda joylashgan. Ushbu ko‘prikni “Uyda yolg‘iz—2”, “Tannoz xonim”, “Shafqatsiz o‘yinlar” kabi filmlarda ko‘rish mumkin.9 ¾ platformasi
Garri Potter haqidagi filmlarda namoyon bo‘lgan serhli kalonna hayotda oddiy ko‘rinishga ega. 9 ¾ platformasi Londonning shimoli-sharqidagi King’s Cross temiryo‘l vokzalida joylashgan.Kaava vodiysi (Gavayi)
“Hayot-mamot” (Lost) seriali qahramonlaridan biri Xyorli orol aholisini g‘am-g‘ussadan xalos etish uchun golf bo‘yicha musobaqa tashkil qiladi va buning uchun katta tekislikdan foydalanadi. Tekislik aslida Gavayi orollarida joylashgan. Hozirda bu yerda Xyorli haykali va serial nomi bitilgan peshtaxtani uchratish mumkin.Vudstokdagi villa
“Sug‘ur kuni” komediyasida bosh qahramon Bill Myurrey yashagan villa Illinoys shtatidagi Vudstok shahrida joylashgan. Ayni vaqtda uy sotuvga qo‘yilgan. Bir muddat avval esa u kichik mehmonxona sifatida foydalanilgan.Snayfedlsyyokyudl va Vatnayyokyudl muzliklari
Islandiyadagi mazkur muzliklar “Interstellar” filmi qahramonlari tashrif buyuradigan Miller va Mann sayyoralari obrazi bo‘lgan.