Xitoyning Xenan provinsiyasida joylashgan maktab direktori ochiq havodagi imtihonni bekor qilmaganligi uchun ishdan chetlatildi. Bu paytda smog tufayli o‘quv muassasasi yopiq bo‘lgan. Bu haqda Independent nashri ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
Imtihonda 400 ga yaqin kishi ishtirok etishga majbur bo‘ldi. Hodisa suratlari Weibo ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan.
Dekabrning ikkinchi yarmida Xitoyning bir nechta shaharlarida havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘lganligi sababli bir qator maktab va tashkilotlar yopilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)