Janubiy Koreyaning “Chonbuk Motors” klubi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Bu esa jamoaning Osiyo Chempionlar Ligasidan chetlatilishiga olib kelishi mumkin, deb yozdi “Championat.asia”.
“Chonbuk Motors” 2013-yil bir qator qing‘ir ishlarni amalga oshirgan deb topilib, Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi tomonidan jazoga tortilgan edi. Endi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 5 nafar mustaqil jurnalistga ushbu vaziyatni o‘rganib chiqishni topshirdi.
Mustaqil jurnalistlar guruhi, Xalqaro arbitraj sudi tavsiyasiga ko‘ra, OFK huzurida tashkil etilgan. Bunga Kambodjaning “Pnompen Kraun” jamoasi bilan bog‘liq mojaroli vaziyat sabab bo‘lgan edi.
Osiyo Chempionlar Ligasi reglamentiga ko‘ra, kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani tasdiqlangan klublar musobaqadan 1 yilga diskvalifikatsiya qilinadi. Qayd etish kerak, “Chonbuk Motors” turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)