Uber taksi chaqirish servisi San-Fransisko ko‘chalarida (Kaliforniya shtati) haydovchisiz avtomobillardan foydalanish bo‘yicha loyihadan bir hafta o‘tib voz kechishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
21-dekabr kuni Kaliforniya shtati transport departamenti shahar ko‘chalariga qo‘yilgan barcha 16 haydovchisiz avtomobillarning registratsiyasini bekor qildi. Ilgariroq idora Uber’ni loyihadan o‘z ixtiyoriga ko‘ra voz kechishga chaqirgan edi.
Amaldorlarning fikricha, Uber mashinalarni haydovchisiz sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim edi. Ammo kompaniya mutasaddilari mashina rulida har doim haydovchi bo‘lishi bois o‘ziga xos ro‘yxatdan o‘tish tartibi kerak emas degan qarorga kelgan edi.
San-Fransiskodan ilgari Uber Pittsburgda shunday turdagi ilk avtomobillarni ishlatgan edi.