Rojdestvo va Yangi Yil tantanalari arafasida Iroq poytaxti — Bag‘dod ma’muriyati shaharda 30 metrlik bayram archasi o‘rnatishga qaror qildi. “TASS”ning ma’lum qilishicha, daraxt “az-Zavra” ko‘ngilochar bog‘ida o‘rnatildi.
Bundan tashqari, boqqa yondosh az-Zaytun ko‘chasiga Yangi Yil olovlari, turli bezak va o‘yinchoqlar bilan zeb berildi. Bu yerda ko‘plab kichik archalar va Santa-Klaus chanalarini ko‘rish mumkin.
Bag‘dod ma’muriyati bu ishlar poytaxtliklarga chinakam bayram muhitini his etib, Yangi Yilni chiroyli nishonlash imkoniyatini yaratish uchun qilinayotganini aytib o‘tdi. Bag‘dodliklar uchun chiroyli mushakbozlik shaklidagi sovg‘a ham tayyorlab qo‘yilgan bo‘lib, u shaharning bir necha kvartallarida otiladi.
Izoh (0)