AQShda Mishel Maxoni va uning sobiq eri Jeff Beserra 24 yillik nikohdan so‘ng ajrashganligini nishonlash uchun bazm uyushtirdi. Bu haqda Buzzfeed xabar bermoqda, deb yozadi TJournal.
Bazm kechasi 18-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Unda er-xotin ichimlik ichib, raqsga tushdi. Maxonining hikoya qilishicha, kecha ajrimdan so‘ng qarindoshlar va do‘stlari orasida keskinlik yuzaga kelishining oldini olish uchun o‘tkazilgan.
Bazmga tayyorgarlik jarayoniga ularning qizi Emma yordam berdi. Keyinchalik u kechani juda quvnoq o‘tganligini ma’lum qilgan. Tayyorgarlik jarayoni ikki oyga yaqin vaqt olgan. Biroq birgalikdagi mehnatlari natijasida sobiq er-xotin bazmida bayram torti va bashoratlar pechenyesi ham bor edi.
Emma suratlarni Twitter’dagi sahifasiga joyladi. Uning posti tez orada ko‘plab “layk” to‘pladi. Nishonlashning ertasi kuni Beserra sobiq rafiqasiga toster sovg‘a qildi. U keng tarqalgan to‘y sovg‘asi hisoblanadi. Mishel esa ular ajrashishdan keyin ham do‘stlik va o‘zaro hurmatni saqlab qolganligini ma’lum qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)