Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov “Mir” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin keyingi saylovda nomzodini ko‘rsatishi yoki ko‘rsatmasligi haqida biror ma’lumotga ega emasligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bu haqda biror ma’lumotim yo‘q”, — dedi u, jurnalistning shu haqdagi savoliga javob berarkan.
“Mamlakatda ko‘pchilikda elektoral refleks ishlab ketdi, negaki ko‘pchilik saylovdan ikki yil oldin u haqda gapira boshladi”, — qo‘shimcha qildi u.