Turkiyaning Bokudagi elchixonasi xodimining qizi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
15 yoshli Turkiya fuqarosi Gunler Shavvol o‘ninchi qavatdan sakrab, hayotdan ko‘z yumdi.
Dastlabki ma’lumotga qaraganda, qiz litseydagi mashg‘ulotlardan jazo tartibida bir kunga chetlashtirilgan. Bu uning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Marhuma Turkiyaning Ozarbayjondagi elchixonasi xodimi Arslan Gunler Azmining qizi edi.
Izoh (0)