Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Berlinda amalga oshirilgan terakt qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor qildi. Uning so‘zlari XOQning Twitter’dagi rasmiy sahifasida keltirildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Xayollarimiz Berlindagi terakt qurbonlarining oilalari va do‘stlari bilan. Bu umuminsoniy qadriyatlarga uyushtirilgan hujumdir, va biz bunday xatti-harakatlarni qoralaymiz”, — dedi Bax.