Rossiyaning “Chempionat” nashri Rojdestvo ta’tili arafasida o‘z e’tiborini Jorjina Rodrigesga qaratdi. Go‘zalning Krishtianu Ronaldu bilan uchrasha boshlagani OAV e’tiboridan chetda qolib ketmagandi.

Krishtianu Ronaldu diqqat markazda bo‘lish uchun ham dugonalarini tinimsiz o‘zgartiradi, deb izoh berilgan. Futbolchining didi chakki emas, shuning uchun ham u tanlagan qizlar haftaning asosiy go‘zali bo‘lib olishda katta qiyinchilikka duch kelmaydi.

Foto: “Chempionat”

Foto: “Chempionat”

Jorjina na model, na aktrisa va na qo‘shiqchi. U oddiy bir qiz. Aniqlanishicha, Madrid markazida joylashgan Gucci do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlaydi.

Foto: “Chempionat”

Foto: “Chempionat”

Krishtianu yangi ovunchog‘ini Dolce&Gabbana moda ko‘rgazmasida uchratib qoldi. Baxtni qarangki, futbolchi 2014-yil Ispaniya go‘zali deb topilgan Dezire Kordero bilan yaqindagina xayrlashgandi.

Yangi juftlikni Parij Disneylendida ham ko‘rib qolishdi. Ronaldu parik yordamida boshqa odam qiyofasiga kirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, urinishlari besamar ketdi. Odamlar uni tanib, qizi bilan suratga tushirishni kechiktirishmadi.

Foto: “Chempionat”

Foto: “Chempionat”

Ronaldu “Deportivo”ga qarshi La Liga doirasidagi so‘nggi uchrashuvda maydonga tushmadi va uni muxlislar qatorida kuzatdi. Stadionda Krishtianu Jorjina bilan namoyon bo‘ldi.

Buni qarangki, Krishtianu bilan topishib olgan baxtli qizaloq Gucci do‘konidan bo‘shashga majbur bo‘ldi. “Real” muxlislari va mahalliy jurnalistlar unga tinchgina ishlash imkonini ham berishmadi. Qiz chiday olmadi va ariza yozdi. Ko‘rinishidan u endi sotuvchi bo‘lib ishlashga u qadar muhtoj emas. Gucci do‘koni esa uning orqasidan oqib kelayotgan muxlislar oqimidan ajrab qoldi.

Ronalduning sobiq dugonalaridan farqli o‘laroq, Jorjina mashhurlikka intilmaydi. U Ronalduning ortidan o‘zi uchun nom qilayotgani yo‘q. Oddiy misol, u Instagram sahifasiga qulf osdi va OAV bilan muloqotdan tinimsiz ravishda qochmoqda.

Foto: “Chempionat”

Foto: “Chempionat”

Ayni vaqtda juftlik ko‘p vaqtini birga o‘tkazadi. Ronaldu hayotidagi to‘rtinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan kuni ham restoranga Jorjina bilan kirib keldi.

Qahramonimiz “Real” ishtirokidagi o‘yinlarni qo‘yib yubormaslikka harakat qilmoqda. Ronalduning dugonalari bilan shartnomasida “Real” o‘yinlarini tomosha qilish borasida alohida band borligi aniq, agar shunday shartnomaning o‘zi bo‘lsa.

Foto: “Chempionat”

Foto: “Chempionat”

Ronalduning oshiqlarini ayni vaqtda bitta savol qiynamoqda: futbolchining Jorjina bilan munosabatlari qancha vaqt davom etadi. Qizaloq esa mag‘rurlik bilan sukut saqlamoqda. Balki juftlikning maqsadi chindan ham jiddiy chiqib, ular oila qurishi ham mumkindir. Hozircha esa totalizatorga borib, Ronaldu yangi qizidan qanchada voz kechishiga bemalol garov bog‘lab kelish mumkin.