O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi etib general-mayor Muijon Tohiriy tayinlandi, deya xabar bermoqda UZ24 qo‘mita saytiga tayanib.
Ushbu lavozimda u Bojxona qo‘mitasini 2011-yildan buyon boshqarib kelgan Zohid Dusanov o‘rnini egalladi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Dusanov Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan.