Aleppodan, shuningdek, al-Fua va Kefraya qishloqlaridan odamlarning evakuatsiya qilinishi yana xavf ostida qoldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hukumat va muxolifat o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq tilga olingan hududlardan odamlarni evakuatsiya qilish boshlangan edi. Aleppo sharqidagi odamlar evakuatsiya qilinishi evaziga muxolif qo‘shinlar qamali ostidagi al-Fua va Kefraya qishloqlari aholisi chiqarib yuborilishi lozxim edi. Aleppodan chiqariladigan 1200 kishi o‘rniga Idlibdagi ushbu qishloqlardan ham shuncha odam evakuatsiya qilinishi kutilayotgan edi.
Ammo Idlibdagi qishloqlardan odamlarni olib ketish uchun yo‘llangan bir qancha avtobuslar hujumga uchrab, yoqib yuborildi.
Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, muxolifat tomoni beshta avtobusga o‘t qo‘ygan.
Izoh (0)