Qutqaruvchilar Rossiyaning Elburs cho‘qqisida zarar ko‘rgan alpinistning yoniga yetib bordi hamda unga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Alpinist tog‘ cho‘qqisida tuni bilan qolib ketdi. U FVVdan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Qutqaruv otryadi endigina uning oldiga yetib bordi.
Alpinistlar soni ikki nafar bo‘lib, ular Moskva viloyatidan tashrif buyurgan turistlar edi. Ular 5,3 ming metr balandlikda, RedFox chaylasida bo‘lganida yo‘lida davom eta olmadi. Turistlardan biri mustaqil ravishda dengiz sathidan 4,1 ming metr balandlikdagi “Priyut Odinnadsati” mehmonxonasiga yetib bora oldi, ikkinchisi tepada qolib ketdi.
Mehmonxonaga yetib borgan turist do‘stining oyoqlari muzlab qolganini, u chaylada yordamga muhtoj ahvolda yotganini xabar qildi. Ammo ob-havo sharoiti yomon bo‘lgani bois qutqaruvchilar bir kun kutishga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)