Meksika janubidagi Oaxaka shtati Okotlan-de-Morelos munitsipaliteti rahbari noma’lum shaxslar tomonidan otib ketildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xose Vilyanueva Rodriges ovqatlanib o‘tirganida bir guruh erkaklar avtomatik quroldan uni o‘qqa tutdi. Amaldor olingan yaralardan voqea joyida olamdan o‘tdi, u bilan bo‘lgan ukasi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazildi.
Jinoyatchilar voqea joyidan yashirinishga ulgurdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari qidiruv ishlarini boshlab yubordi.
13-dekabr kuni Vilyanueva munitsipalitet rahbari sifatida oxirgi hisobotini jamoatchilikka taqdim etgan edi. Uning vakolati 31-dekabr kuni tugashi kerak edi.
Izoh (0)