Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan va “El-Klasiko” ishtirokchilari hisoblanmaydigan yetakchi klublar 16-turni g‘alaba bilan yakunladi.
Chempionlar Ligasining amaldagi finalchisi hisoblangan Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida Saulning yagona goli evaziga muvaffaqiyat qozondi. Biroq bu g‘alabasi bilan 6-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmadi. Chunki Diyego Simeone shogirdlaridan ko‘proq ochko jamg‘arib turgan klublar ham mazkur turda g‘alaba nashidasini surdi.
O‘z maydonida “Malaga”ni yirik hisobda taslim etgan “Sevilya” turnir jadvalida “Barselona”dan ilgarilab ketdi. Luis Enrike jamoasi 16-turni yakshanba kuni o‘tkazib, 2-o‘rnini qaytarib olish imkoniyatiga ega.
Mazkur turda, shuningdek, “Vilyarreal” va “Real Sosyedad” klublarining o‘zaro raqobati ham davom etdi. Har ikki klub 2 ta gol farqi bilan zafar quchdi.
La Liga yetakchisi bo‘lib turgan Madridning “Real” klubi Yaponiya mezbonligida o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishtirok etmoqda. “Real” Meksikaning “Amerika” klubini yarim finalda mag‘lub etgan bo‘lib, bugun — 18-dekabr kuni final doirasida kunchiqar yurt chempioni “Kashima Antlers”ga qarshi saf tortadi. Mazkur o‘yindagi g‘alaba “qirollik klubi”ga dunyoning ikki bor chempioni bo‘lib olish imkonini beradi.
Ispaniya La Ligasi 16-tur bellashuvlari 16-dekabr, juma
“Alaves” — “Betis” 1:0
Gol: Deyverson, 58 (1:0).17-dekabr, shanba
“Sporting” — “Vilyarreal” 1:3
Gollar: Jonatan Dos Santos, 12 (0:1). Nikola Sansone, 19 (0:2). Pato, 74 (0:3). Karlos Karmona, 89 (1:3).“Atletiko” — “Las-Palmas” 1:0
Gol: Saul, 59 (1:0).“Granada” — “Real Sosyedad” 0:2
Gollar: Yon Bautista, 56 (0:1). Xuanmi, 69 (0:2).“Sevilya” — “Malaga” 4:1
Gollar: Lusiano Vyetto, 25 (1:0). Lusiano Vetto, 28 (2:0). Vissam Ben-Yedder, 34 (3:0). Vitolo, 35 (4:0). Sandro Ramires, 64 (4:1).Chetlatish: Adil Rami, 61 (S).18-dekabr, yakshanba“Leganes” — “Eybar”“Deportivo” — “Osasuna”“Barselona” — “Espanyol”“Atletik” — “Selta”