Metallica rok-guruhi a’zolari Gollivuddagi Gelson tarmog‘ining supermarketlaridan birida Enter Sandman nomli qo‘shig‘ini ijro etdi, deb xabar bermoqda TJournal.
Musiqachilar komik Billi Aykner shousi uchun suratga tushayotgan edi. Supermarket xodimlaridan biri guruh ijrosidagi musiqani yoqqanida Jeyms Xetfild, Lars Ulrix, Kirk Xemmett va Robert Truxilyo boshqa xodimlar oldida kuylashga qarshi chiqmadi.
Avvalroq Metallica a’zolari Jimmi Fellon shousiga tashrif buyurgandi. U yerda ham rok-guruh Enter Sandman qo‘shinini ijro etdi. Ammo qo‘shiq ijro etishda ular bolalar uchun mo‘ljallangan musiqiy asboblardan foydalandi.
Ma’lumot uchun, Metallica 1981-yili tashkil topgan og‘ir rok janridagi qo‘shiqlarni ijro etuvchi guruh sanaladi. Faoliyati davomida Metallica Kill ’Em All (1983-yil), Ride the Lightning (1984), Master of Puppets (1986), ...And Justice for All (1988), Metallica (1991), Load (1996), Reload (1997), St. Anger (2003), Death Magnetic (2008) albomlarini chiqargan.
Guruhning so‘nggi – Hardwired... to Self-Destruct nomli albomi 2016-yilning 18-noyabrida chiqqan edi. Mazkur albom 12 qo‘shiqdan iborat.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)