Fransiya hukumatiga 2007—2012-yillar davomida rahbarlik qilgan sobiq prezident Nikolya Sarkoziga Parij futbol klubiga prezident bo‘lish taklif etildi. Bu haqda “Futbol Kulichki” GQ nashriga asoslanib xabar bergan.
“PSJ” futbol klubining egasi hisoblangan qatarlik milliarder Shayx Tamim ibn Hamad Al-Tani Nikolya Sarkoziga shunday taklif bilan chiqdi. Ikki tomon bu borada kelishuvga erishsa, qishki transfer mavsumi yakunida Fransiyaning sobiq prezidenti Parij shahri futbol klubining prezidentiga aylanadi.
Bunga qadar “PSJ” prezidenti sifatida Nosir Al-Halayfi ishlab kelayotgandi.