Jeksonvilldagi (Florida shtati) maktab o‘qituvchisi Nadin Ebri to‘rtinchi sinf o‘quvchilariga ustma-ust bo‘lishni o‘rganishda yordam berish uchun innovatsion usulni o‘ylab topdi. Endi uning darslari musiqiy shaklda o‘tmoqda. Bu haqda Mashable ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
O‘qituvchi ana shunday darslaridan biri videosini Facebook’dagi sahifasiga joylashtirdi. Unda bolalar doskada zavq bilan raqsga tushayotgani, butun sinf esa unga misol yechishda yordam berish uchun jo‘r bo‘lib qo‘shiq kuylayotganligini ko‘rish mumkin.
“Bo‘l, ko‘paytir, ayir, olib tashla va qo‘sh!”, — deya kuylamoqda to‘rtinchi sinf o‘quvchilari.
Ebri bu usul haqiqatan ham o‘quvchilarning o‘zlashtirishini oshirganligini hikoya qiladi. “Ular hamma narsani qo‘shiqqa aylantirishadi”, — deydi o‘qituvchi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)