Rossiya armiyasining Kabardin-Bolqor Respublikasi vakili bo‘lgan harbiy xizmatchisi Eduard Sokurov 2015-yil 1-oktabr kuni — Rossiya havo-kosmik kuchlarining Suriyadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan bir kun o‘tib ushbu mamlakatda halok bo‘lgan edi. Bu haqda endigina ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.
Sokurovning halokati sanasi 16-dekabr kuni ma’lum bo‘ldi. O‘sha kuni Nalchik ma’muriyati saytida halok bo‘lgan harbiyning singlisiga “Jasorati uchun” medalining topshirilishi haqida xabarnoma e’lon qilindi.
Xabar saytdan olib tashlandi, ammo “RIA Novosti” bu xabarni tarqatishga ulgurdi. Bu boradagi savolga ma’muriyat matbuot xizmati “shunday qaror qilingani uchun” xabar olib tashlanganini aytdi.
Serjant Sokurov 31681-raqamli shartnoma asosida Proxladniy shahrida maxsus mo‘ljal guruhi katta razvedkachisi lavozimida harbiy xizmat o‘tayotgan edi. Suriyada u Rossiya uchuvchilarini himoya qilar hamda gumanitar yuklarni yetkazishga qarashar edi.