16-dekabr kuni butun Qozog‘iston hududida bir qator mashhur internet servislari — Google, Facebook, Instagram va YouTube ishlamay qoldi. O‘sha kuni mamlakat mustaqillik kunini nishonlayotgan edi, deb xabar beradi TJournal.
Bu borada Ostona, Olmaota, Qarag‘anda va Atirauda istiqomat qiluvchi fuqarolar hikoya qilib berdi. Ular Beeline va Kcell internetidan foydalanishi alohida ta’kidlandi.
Ta’kidlanishicha, ushbu saytlarga so‘rov berilganida ular bloklangani haqida ma’lumot chiqmaydi, balki uskunalar mutlaqo tarmoqqa ulanmaganday ishlaydi.
Qozog‘iston axborot vazirligi bu uzilish texnik sabablar tufayli ro‘y berganini ma’lum qildi va tez orada vaziyatni o‘nglashga va’da berdi.
Ba’zilarning fikricha, bunday uzilish muxolif siyosatchi Muxtor Ablyazovning YouTube’dan translyatsiya qilingan intervyusi bilan bog‘liqdir.
Izoh (0)