O‘zbekiston o‘smirlar futbol terma jamoasi safida to‘p surgan Abdulhay Ismoilov 1 yilga futboldan chetlatildi. Bu haqda “Championat.asia” nashri OFKga asoslanib ma’lumot berdi.

Foto: CA

Foto: “Championat.asia”

Futbolchi 2016-yilning 15-sentabr kuni Hindistonda start olgan Osiyo chempionatida ishtirok etib, murabbiy Temur Olimxo‘jayev boshqaruvida Iroq va KXDR termalariga qarshi o‘yinda maydonga tushgan. Uchrashuvdan keyingi doping nazorati esa uning taqiqlangan modda bilan harakat qilganini aniqlagan.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qon tarkibida taqiqlangan modda aniqlanishi bilan futbolchini bir yilga — 2017-yilning 2-noyabr sanasiga qadar futboldan chetlatdi. OFK tomonidan jazolangan qolgan futbolchilar ro‘yxati shu havolada taqdim etilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi murabbiy Temur Olimxo‘jayev bilan chorak finalda o‘z yurishiga yakun yasab, Jahon chempionatidan chetda qolib ketgandi.

Futboldan chetlatilgan Abdulhay Ismoilov 2000-yilning 8-fevral kuni Namangan shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston terma jamoasiga “Bunyodkor” futbol klubidagi faoliyatidan keyin chaqirilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.