HDR texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi 4K formatidagi monitorlar, mehnat faoliyati hamda kompyuter o‘yinlari dasturlarida ham birdek tizim unumdorligini oshirishga imkon beradi.
Katta o‘lchamli ekranlar bilan yuqori toifali monitorlar ishlab chiqarish sohasida yetakchiligi tan olingan LG Electronics (LG) kompaniyasi bu sohani yangi darajaga olib chiqmoqda: LG kelasi oyda AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tajak Consumer Electronics Show 2017 (CES — Elektron iste’mol mahsulotlari ko‘rgazmasi) da HDR texnologiyasi bilan moslashuvchan UHD 4K formatdagi 32 dyuymli monitorni namoyish etmoqchi.
Bugungi kunda iste’molchilarga filmlardan o‘yinlargacha ko‘plab mahsulotlar HDR formatida taqdim etilmoqda. Hatto unchalik talabchan bo‘lmagan iste’molchilar ham HDR texnologiya taqdim etadigan yuqori sifatli tasvirni bir onda ajrata oladi. Shu boisdan ishlab chiqaruvchilar ushbu istiqbolli texnologiyaning barcha salohiyatidan to‘liq foydalanishga urinmoqda. HDR texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi monitorlar, tasvir sifatini professional darajasini hamda ranglarning yorqin va to‘yingan tusda bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday monitorlar san’at sohasidagi mutaxassislar, kompyuter o‘yinlari ishqibozlari bilan birga tasvirning yuqori sifatiga e’tiborsiz bo‘lmagan har bir foydalanuvchiga munosibdir.
LG kompaniyasi faol rivojlanayotgan HDR tarkib sohasida bir qadam oldinda bo‘lish uchun 32 dyuymli UHD 4K (32UD99 modeli) formatdagi, 3840 x 2160 piksel o'lchamli, HDR10 texnologiyasiga mos keluvchi monitor ishlab chiqdi. U tasvirning keng ranglar gammasini va yorqinlikning kuchaytirilgan darajasini ta’minlay oladi. HDR10 standarti monitor yorqinligini kuchaytiradi, bu esa foydalanuvchiga film va suratlarni yanada qulaylik bilan tahrir qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, 32UD99 monitoriga DCI-P3 rang kengligining 95 foizdan ortiqrog‘ini aks ettira oladigan IPS matritsasi ham o‘rnatilgan. Bu esa monitorni turli xil media-kontent bilan ishlovchilar uchun ajoyib mahsulotga aylantiradi. Tahrirchilar sohadagi eng yuqori standartlar asosida rang uzatishning o‘ta aniqligini ta’minlovchi True Color Pro funksiyasini ham baholay oladi. HDR texnologiyasiga mos keluvchi yangi avlod o‘yin konsollari paydo bo‘lishi bilan 32UD99 monitori butun dunyodagi zamonaviy kompyuter o‘yinlari havaskorlari uchun eng ajoyib mahsulot sifatida o‘zini namoyon etadi. Chunki HDR formati uy sharoitlaridagi ko‘ngilochar mashg‘ulotlarning yangi standartiga aylanmoqda.
32UD99 modeli nafis dizayn va yorqin tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgani bois monitor o‘chirilgan holatda ham atrofdagilarning e’tiborini o‘ziga qarata oladi. Model USB Type-C qurilmasi bilan jihozlangani sababli unda ishlatiladigan kabellar soni imkon qadar kamaytiriladi. Uning aniq ko‘rinishi romsiz ekran va ajoyib ArcLine podstavkalari bilan to‘ldiriladi. 4K formatidagi tasvirlarni uzatish, monitorga ulangan noutbukni quvvatlash va ma’lumotlarni ekranda aks ettirish uchun atigi bir dona kabel kifoya qiladi. 32UD99 modeli kabellar va simlarning aralashib ketishidan xalos qilishi bilan ham yanada nafisroq ko‘rinadi. Unga o‘rnatilgan tovush kuchaytirgichlarda LG Rich Bass texnologiyasi qo‘llanilgan bo‘lib, aniq-tiniq tovushni tinglash mumkin.
LG kompaniyasi CES 2017 ko‘rgazmasida, shuningdek, 34 dyuymli 21:9 o‘lchamli UltraWide™ Mobile+ (34UM79M modeli) monitorini ham namoyish etadi. U dunyodagi eng birinchi multimedia monitori bo‘lib, Chromecast texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 34UM79M modeli foydalanuvchilari o‘zlarining sevimli filmlari, musiqa, o‘yin va ko‘plab boshqa media mahsulotlarini mobil qurilmasi orqali monitorda namoyish eta oladi. UltraWide formatidagi bu monitor o‘z egalariga ko‘p vazifali tartibda, bir ekranning o‘zida bir vaqtda shaxsiy kompyuter va mobil qurilmada ishlash imkonini beradi. Bundan tashqari, Dual Controller Plus bilan birgina klaviatura va sichqoncha yordamida shaxsiy kompyuter va smartfon/planshetni boshqarish mumkin. Ammo bu hali hammasi emas! LG Mobile+ Monitor dasturi masofadan turgan holda monitor sozlamalari, xususan, signal manbai, tovush balandligi, ekran tomonlari nisbati, “surat ichida surat” (PIP) / “yonma-yon surat” (PBP) funksiyalarini qulaylik bilan o‘zgartirish imkonini taqdim etadi.
LG kompaniyasi, shuningdek, UltraFine™ 5K va 4K formatidagi displeylardan tashqari Las-Vegasdagi ko‘rgazmada 34 dyuymli, 21:9 UltraWide (34UC99 modeli) ni ham namoyish etadi. U AMD FreeSync, 1ms Motion Blur Reduction, Dynamic Action Sync, Black Stabilizer va o‘yin kengligini qabul qilish yorqinligini kuchaytiruvchi boshqa funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
“LG muhandislari bozorda bizning yetakchiligimizni saqlash maqsadida yangi texnologiyalar va dolzarb tendensiyalarni yangi avlod monitorlarimizda umumlashtirish borasida mehnat qilmoqda, — deydi LG Home Entertainment kompaniyasi prezidenti Brayan Kvon (Brian Kwon). — LG iste’molchilarga sohadagi eng innovatsion va yuqori darajadagi monitorlarni taklif etishga tinimsiz harakat qiladi. Yuqori o‘lchamli va HDR texnologiyasi bilan uyg‘unlashuvchi monitorlardan tortib, zamonaviy o‘yinlar va ko‘p vazifali tartibga moslashtirilgan UltraWide kabi monitorlar shular jumlasidan”.
CES 2017 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar LG kompaniyasining eng yangi innovatsion monitorlarini Las Vegas Convention Center pavilyonining markaziy zalidagi 11100 raqamli stendida o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi mumkin.
LG internetda:
FacebookReklama huquqi asosida
Izoh (0)