Google korporatsiyasi 2016-yilda qidiruv tizimi ma’lumotlariga ko‘ra trendga aylangan turistik obyektlar reytingini tuzdi. Birinchi o‘rinni Fransiyaning Strasburg shahri egalladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Undan keyingi o‘rinlarni ro‘yxatda Leyk-Eola-Park bog‘i (Orlando, Florida shtati) va Eriseyra shaharchasi (Portugaliya) egalladi.
O‘nlikka, shuningdek, Selaron Steps (Rio-de-Janeyro, Braziliya), Vavel qasri (Krakov, Polsha), Izar daryosi (Myunxen, Germaniya), Grand Place (Bryussel, Belgiya), tungi Dallas (Texas shtati), Nitssa shahri (Fransiya) va Bokas-del-Toro orollari (Panama) kirdi.
Izoh (0)