Germaniyada 12 yoshli bola Lyudvigsxafen shahrida mixlarga to‘ldirilgan bombani portlatishga urindi. Voqea noyabr oyining oxirida ro‘y bergan edi, ammo u haqda endi ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Bolaning ota-onalaridan biri nemis, biri esa iroqlik bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, baxtli tasodif tufayligina fojianing oldi olingan. O‘smir ikki marta detonatorni ishga tushira olmagan. Birinchi urinishni u 26-noyabrda, ikkinchisini esa 5-dekabr kuni sodir etgan.
Bola radikallar tomonidan yollangani aytilmoqda. Focus nashriga ko‘ra, 2004-yili tug‘ilgan bola IShID tarafdori bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)