O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Moskva shahrida bo‘lib qaytdi. Bunga e’tibor qaratgan “Futbol Ekspress” nashri Shomurodov bilan bog‘landi, deb yozdi “Championat.asia”.
“Moskvadan qaytib kelganimga ikki kun bo‘ldi. U yerda ko‘p vaqt bo‘lmadim. Shu boisdan ham ortiqcha gapga hojat yo‘q. Chunki ‘Bunyodkor’ bilan yana bir yillik shartnomam bor”, — deb masalaga izoh bergan Shomurodov.
Avvalroq futbolchi Rossiyaning ProSports Managment kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan bo‘lib, uning kelgusi faoliyati mana shu kompaniya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi aytilgandi.
Ma’lumot uchun, 1995-yilda tavallud topgan Eldor Shomurodovni “Bunyodkor” Muborakning “Mash’al” klubidan xarid qilgan. Keyinroq futbolchi yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishtirok etdi, O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.2015-yil yakunlariga ko‘ra Eldor Shomurodov OFK tomonidan Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun kurashayotgan uch nomzod orasiga kiritildi.
Izoh (0)