17-oktabrda Iroqning Naynava viloyati markazi Mosulni jangarilardan tozalash bo‘yicha operatsiya boshlanganidan buyon qariyb 100 ming kishi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Bu haqda BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Mosuldagi ixtilofning uchinchi oyi boshlanmoqda, ko‘chgan shaxslar soni esa 100 mingga yaqinlashmoqda”, — ma’lum qildi Jenevadagi brifing chog‘ida boshqarma rasmiy vakili Edrian Edvards.
Uning aniqlashtirilishicha, 96864 kishi o‘z ko‘y-qishloqlaridan chiqib ketgan. Shulardan 57 ming nafari BMT lagerlarida joylashtirilgan.