Yevropa parlamenti Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga tekstil bayonnomasini ilova qilish qarorini qabul qildi. Bu haqda, Yevroparlament matbuot xizmatiga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.
Hujjat O‘zbekistondan tekstil mahsulotlari importi uchun bojni tushirish, ikki tomonlama paxta va tekstil mahsulotlari savdosini yengillashtirishga qaratilgan.
Yevroparlament ushbu qaror O‘zbekiston yevrodeputatlarning paxta terishda bolalar mehnatini tugatish to‘g‘risidagi talabini bajargani tufayli qabul qilinganini ta’kidlab o‘tdi. O‘z murojaatida Yevroparlament O‘zbekiston oxirgi uch yil davomida bolalar mehnatini deyarli to‘laligicha yo‘q qilganini qayd etib o‘tdi.
Yevrodeputatlar, shuningdek, O‘zbekistonni Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikni jonlashtirishga undadi.
Izoh (0)