Yubka va ko‘ylaklar ayollarga haqiqiy ko‘rk bag‘ishlaydi. Ular yordamida nafaqat nafosat va noziklikka urg‘u berish, balki ortiqcha santimetrlarni yashirish ham mumkin. Asosiysi, ularning to‘g‘ri bichimdagisini tanlash. Sizni go‘zal va nazokatli qiluvchi yubkalarni tanlash qoidalari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Xushbichimlik bag‘ishlovchi yubkalar
Sizga nazokatli ko‘rinish beruvchi asosiy bichim — pastki qismiga qarab torayib boruvchi yubkadir (yubka-karandash). Uning uzunligi tizzalarni biroz yopishi yoki yana ozgina uzunroq bo‘lishi mumkin.Undan uzunroq yubka qomatingizga beso‘naqay ko‘rinish berishi mumkin. Yubka uzunligi bo‘yi pastroq bo‘lgan qizlar uchun muhim rol o‘ynaydi. Boldirni yopib turuvchi yubka oyoqlarni yanada kalta qilib ko‘rsatadi.
Yuqoridagi bichimdan tashqari pastki qismi qo‘sh etakli tor yubka ham nozik ko‘rinish beradi.
Qomatni nozik ko‘rsatuvchi bezaklar
Vertikal joylashgan har qanday bezak qomatni nozik ko‘rsatadi. Bular uzun vertikal qator shaklida tikilgan kichik tugmalar ham bo‘lishi mumkin.Rang va matolar
Agar yubka sizni xushbichim ko‘rsatishini istasangiz, to‘q rangdagisini tanlang. Ulardan qora ranglisi albatta birinchilikni egallaydi. Biroq boshqa ranglar: to‘q qizil, to‘q ko‘k, to‘q yashil, qahvarang, to‘q kulrang va binafsharang yubkalarni ham tanlash mumkin.Krep, gabardin va trikotaj matolar bunday yubkalar uchun mos keladi. Teri va zamsh yubkalar ham bashang ko‘rinadi. Faqat ularda ortiqcha detallar bo‘lmasligiga ahamiyat qarating.
Shuningdek, elastikli matolarni ham tanlash mumkin. Muhimi, mato tarkibida uning ulushi 5 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak, aks holda ularni kiyish noqulaylik tug‘diradi.
Paxta va viskoza esa ozg‘inroq ko‘rinishni istovchilar uchun omadsiz tanlovdir — ular aynan ozg‘in qomat sohibalariga mos keladi.
Izoh (0)