Shu yilning may oyida O‘rta Yer dengizida halokatga uchragan A320 EgyptAir yo‘lovchilarining tanasida portlovchi moddalarning izi aniqlandi. Bu haqda Misr fuqarolik aviatsiyasi vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Layner 19-may kuni radarlardan g‘oyib bo‘lgan edi. Samolyot MS804 Parij–Qohira reysini amalga oshirayotgan edi. Uning bortida ekipaj a’zolari bilan birgalikda 66 kishi bor edi. Ertasi kuni Misr rasmiylari Iskandariyadan 290 kilometr shimolroqda tana qismlari, yuklar va o‘rindiqlar bo‘laklari topilganini ma’lum qildi.
Izoh (0)