Yevropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker Yevropa mudofaa ittifoqini yaratish zarurligini qayd qilib o‘tdi. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi bunday tizimni yaratishga ko‘proq kuch-quvvat sarflashi lozim, deb xabar beradi “TASS”.
Bu haqda u Yevropa parlamentining Strasburgdagi plenar yig‘ilishida bayonot berdi.
“Yevroittifoq haqiqiy mudofaa ittifoqi yaratishi lozim, birinchi navbatda NATO bilan hamkorlikni kengaytirish hisobiga. Tashkilotlarimiz raqib emas, ular bir-birini to‘ldiradi”, — ta’kidladi Jan-Klod Yunker.
Izoh (0)